Namanganda piyoda sabab 4 ta avtomashina to’qnashib ketdi
Hodisa oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea bugun, 27-mart kuni soat 19.30 atrofida Namangan shahrining “Boburshoh” ko’chasida sodir bo’lgan.
“Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi piyodaga belgilanmagan joydan yo’l bergan vaqtida bir yo’nalishda harakatlanib kelayotgan “Matiz” uning orqa qismiga kelib urilgan. Kuchli zarb oqibatida “Matiz” qarama-qarshi yo’nalishga o’tib ketib, “Damas” va “Lacetti” avtomashinalari bilan to’qnashgan.
Hodisa oqibatida 22 yoshli “Matiz” avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Avvalroq Toshkent shahrida “Spark” haydovchisi o’z mashinasini daraxtga urib olgani va transport vositasida yong’in yuzaga kelgani xabar qilingandi.








