Ertaga Toshkentda issiqlik ta’minoti uziladi
Bu haqda shahar hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bahorgi iliq kunlar boshlangani va harorati ko‘tarilishi munosabati bilan 2022-yilning 1-aprelidan Toshkent shahrida 2021-2022-yillardagi isitish mavsumi yakunlanadi.
Avvalroq Toshkent shahar issiqlik ta’minotini Fransiyaning "Veolia" kompaniyasiga 30 yilga boshqaruvga berilishi xabar qilingandi.








