Ukrainadagi urush tufayli Fransiya harbiy razvedkasi rahbari ishdan olindi
U 7 oy davomida maxsus xizmatga rahbarlik qilgan.

Fransiya harbiy razvedkasi rahbari general Erik Vido isteʼfoga chiqarildi. Bu xaqda L‘Opinion gazetasi xabar berdi.
Vido ushbu lavozimda 7 oydan ortiq xizmat qilgan. Uning isteʼfosiga Ukraina inqirozi davrida razvedkaning yetarli darajada ishlamagani sabab bo‘lgan.
Fransiya harbiy razvedkasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabiga bo‘ysunadi. Bundan oldin shtab boshlig‘i Tyerri Byurkar fransuz maxsus xizmatlari Ukraina inqirozi arafasida vaziyatni noto‘g‘ri baholaganini aytgandi.
L‘Opinion maʼlumotlariga ko‘ra, Vidonining o‘rniga general Jak Langlad de Mongro tayinlanadi.
Avvalroq Fransiya va Rossiya prezidentlari o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







