Polsha bosh vaziri Germaniyani qatʼiyroq bo‘lishga chaqirdi
U Berlinni Rossiyaga yangi sanksiyalarni joriy etmaslikda ayblagan.

Germaniyani Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini to‘xtatib turibdi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy maʼlum qildi.
“Germaniya o‘ta qatʼiy sanksiyalarni to‘xtatib turgan asosiy davlat. Orban (Vengriya bosh vaziri) sanksiyalarga qarshilik bildirmagan. Asosiy qarshilik qilayotganlar – o‘z biznesidan, oqibatlardan qo‘rqayotgan katta davlatlar”, – degan u.
Shu bilan birga Moraveskiy G‘arbiy Yevropaning katta va boy davlatlarini qatʼiyroq bo‘lishga chaqirgan.
Avvalroq Morveskiy Moskvaga qarshi sanksiyalar natija bermayotganini aytgandi.







