Dibala va Simeone muzokara o‘tkazdi
Argentinalik futbolchi “Atletiko”ga o‘tishi mumkin.

“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan ispan klubiga o‘tish borasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist Pedro Almeyda o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.
Oldinroq 28 yoshli futbolchi uchun faqat Fransiyaning “PSJ” va milanlik “Inter” klublari qiziqayotgani, Dibala esa “Atletiko” variantini rad etgani xabar qilingandi.
Ma’lumot o‘rnida: Dibala “Yuventus”da 2015 yildan beri to‘p suradi. Hujumchi joriy mavsum A Cyeriyaning 22 o‘yinida 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasining 5 ta o‘yinida 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Avvalroq Diyego Simeonening otasi 80 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.








