1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Diyego Simeonening otasi 80 yoshida vafot etdi

Bu haqda “Atletiko” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Diyego Simeonening otasi 80 yoshida vafot etdi

 

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone otasidan ayrildi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi. Murabbiyning otasi Karlos Simeone 80 yoshida vafot etgan.

 

Argentinalik mutaxassis 2011 yildan buyon Madridning “Atletiko” klubini boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida u Ispaniya chempionatida ikki bor chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bir martada mamlakat kubogi va superkubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, “matraschilar” ikki marta Yevropa Ligasi (2011/2012, 2017/2018 yillar) va UEFA Superkubogi (2012, 2018) g‘olibi bo‘lgan.

 

Joriy mavsumda “Atletiko Madrid” 29 uchrashuvda 54 ochko to‘plagan holda Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

 

Avvalroq, Simenening o‘g‘li “Atletiko” bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика