Demokratlar partiyasi AQSH energetikasiga qarshi urush ochdi — Tramp
Sobiq prezident Baydenga navbatdagi ayblovlarni qo‘ydi.

Jozef Bayden AQSHdagi to‘xtovsiz inflyaеsiya, gaz va oziq-ovqat narxi oshishiga asosiy aybdor. Bu haqda mamlakat sobiq prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Bayden va Kongressdagi demokratlar to‘xtovsiz inflyatsiyaga sabab bo‘ldi. Mahsulotlar yetkazib berish zanjirida halokatli vaziyat yuzaga kelgan. Do‘konlarga boring va u yerda hech narsa topolmaysiz”, — degan Oq uy sobiq rahbari.
Tramp demokratlar partiyasini Amerika energetika tizimiga qarshi urush e’lon qilishda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘rta sinf vakillari gaz va oziq-ovqat mahsulotlari narxi tufayli tor-mor qilingan.
Shuningdek, siyosatchi Baydenni neft narxining keskin ko‘tarilishida ham aybdor qilgan.
“Bizda energetik mustaqillik bor edi. Biz Rossiya va Saudiya Arabistonidan ham o‘tib ketgandik. Ammo Ukraina inqirozidan ancha oldin Bayden “yashil kelishuv” deb nomlangan kulguli loyiha tufayli energetik resurslar narxini ko‘tarib yubordi. Shamol tegirmonlari — energetikaning eng qimmat shakli”, — degan u.
Avvalroq Tramp Baydenning ruhan charchaganini aytgandi.








