Jahon

Filippinda Megi to‘foni tufayli 50 dan ortiq inson halok bo'ldi

27 nafar inson bedarak yo‘qolgan va 100 ga yaqin kishi jarohatlangan

Filippinda Megi to‘foni tufayli 50 dan ortiq inson halok bo'ldi

Filippinda “Megi” to‘fon oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida qurbon bo’lganlar soni 58 nafarga yetdi. Bu haqda “Известия” xabar berdi.

 

Leyte provinsiyasida vayronalar ostidan 47 kishining jasadi topilgan. Yana 27 nafar inson bedarak yo‘qolgan va 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.

 

Qidiruv ishlari noqulay ob-havo sharoiti tufayli murakkablashmoqda. Harbiylar politsiya va o't o'chiruvchilar qutqaruv ishlariga qo'shilgan.

 

Ma’lumot uchun To‘fon 10-aprel, yakshanba kuni boshlangan va keng ko‘lamli suv toshqini va ko‘chkilarga olib kelgan, respublikaning sakkizta viloyatida 136,3 mingdan ortiq aholi jabrlangan. Natijada 29,2 mingdan ortiq oila o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo’lgan. Qayd etilishicha, “Megi” joriy yilda mamlakatdagi eng kuchli bo‘ron bo‘lgan.

 

Eslatib o’tamiz, avvalroq Braziliyada suv toshqini oqibatida 15 kish qurboni bo'lgani ma’lum qilingandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Filippinda Megi to‘foni tufayli 50 dan ortiq inson halok bo'ldi | Zamon.uz