Seul Kiyevga gumanitar yordam hajmini ko‘paytiradi
Bu haqda mamlakat saylangan prezidenti vakili maʼlumot berdi.

Janubiy Koreyaning saylangan prezidenti ofisi vakili Pe Xyon Chjin Ukrainaga gumanitar yordam yetkazib berilishi kengayishini maʼlum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Ukrainaga gumanitar yordam masalasiga kelsak, yangi hukumat hokimiyatga kelishi bilan biz uning kengaytirilishini ko‘rib chiqmoqdamiz”, – degan u. Janubiy Koreyaning yangi prezidenti inauguratsiyasi may oyida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq amaldagi hukumat Kiyevga qo‘shimcha 30 million dollarlik harbiy yordam berilishini maʼlum qilgandi. Shuningdek, keyingi haftadan boshlab 1.6 million dollarlik harbiy yordam yetkazib berilishi taʼkidlangan. Ular asosan, himoya vositalari, shlemlar, dori-darmon va oziq-ovqatdan iborat.
Avvalroq AQSH Ukrainaga harbiy vertolyot yetkazib berishni ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







