Urushning boshqa davlatlarga yoyilmasligi uchun hamma narsa qilyapmiz — Jozep Borrel
Yevropa diplomatiyasi rahbari Ukrainadagi harbiy nizoni kengayishi tarafdori emasligini aytgan.

Yevropa Ittifoqi Ukrainada urush kengayishini istamayapti. Bu haqda YI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel maʼlum qildi.
“Biz urushga undamayapmiz, urush kengayishiga yordam bermayapmiz. YI harbiy mojaroni tiyib turishga, boshqa davlatlarga yoyilib ketmasligiga harakat qilmoqdamiz”, – degan Borrel.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Yevroittifoq yana-da kuchli qurollar qo‘llanilmasligi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
Avvalroq G‘arbning Ukrainaga hujumkor qurollar yetkazib bermasligi sabablari ochiqlangandi.







