Oq uy: Baydenning "genotsid" haqidagi so'zlari - uning shaxsiy fikri
AQSh prezidentining gaplari mamlakatning pozitsiyasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki aytishicha AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi harakatlarini genotsid degani uning shaxsiy fikri. Bu haqda “Коммерсантъ” xabar berdi.
Oq uy vakilining fikricha, Jo Baydenning bayonoti tinchlik muzokaralari jarayoniga va AQShning vaziyatni hal qilish bo‘yicha pozitsiyasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Prezident Putin AQSh prezidentining soʻzlari tufayli tinchlik muzokaralarida qatnashmaslikka qaror qilishi dargumon, - dedi Oq uy matbuot kotibi brifingda.
Jo Bayden Ayova shtatida jamoatchilik oldida Rossiya prezidentining Ukrainadagi siyosatini genotsid deb atagan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Putin Ukraina bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirganini ma’lum qilgandi.







