Toshkent metrosida 22 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
Hodisa vaqtida metro harakati 5 daqiqaga to‘xtatilgan.

Toshkent metropolitenining “Pushkin” bekatida 2000-yilda tavallud topgan fuqaro qasddan poyezd yo‘lagiga o‘zini tashlagan. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Qayd etilishicha, 5 daqiqa poyezdlar harakati to‘xtatilgan, mashinistning tezkor to‘xtashi natijasida yo‘lovchi omon qolgan. Ichki ishlar hamda metropoliten xodimlari tomonidan hech qanday jarohatsiz qutqarib olingan.
Batafsil ma'lumotni o‘rganish ishlari yakunidan so’ng ma’lum qilinadi, deyiladi xabarda.








