Ukraina bo‘yicha strategiyamizdan voz kechmaymiz — AQSH
Vashington Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etishini aytdi.

AQSH Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda Davlat departamenti vakili Ned Prays ma’lum qildi.
Prays AQSH OAVlarning Rossiya tomonidan harbiy yordamni to‘xtatish talab qilingani to‘g‘risidagi xabarlariga izoh bergan.
“Rossiya nimanidir ochiq formatda, nimanidir yopiq formatda aytgan. Ammo tanlagan strategiyamizdan bizni hech narsa qaytara olmaydi”, –– degan u CNN telekanali efirida.
Shu bilan birga, u yuqoridagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan.
“Agar Kreml AQSH va uning hamkorlari ukrainaliklarga xavfsizlik sohasida milliardlab dollar yetkazib berayotganini, ukrainaliklar so‘ragan [qurollarni] taqdim yetayotganini va ukrainlar ulardan o‘ta samarali foydalanayotganini taxmin qilayotgan bo‘lsa, bu ayni haqiqat”, –– deb qo‘shimcha qilgan u.
Avvalroq Ukrainaga harbiy yordam yetkazish orqali AQSH mudofaa salohiyati zarar ko‘rayotgani taxmin qilingandi.








