Xitoy Vashingtonni qattiq ogohlantirdi
Bu AQSH kongressi aʼzolarining Tayvanga tashrifi bilan bog‘liq.

AQSH kongressmenlarining Tayvanga amalga oshirgan tashrifi Xitoy-Amerika munosabatlarining asosiga putur yetkazadi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Syan maʼlum qildi.
“AQSHning bu xatti-harakatlari “yagona Xitoy”tamoyilini va qo‘shma uchta Xitoy-Amerika kommyunikelarini qo‘pol ravishda buzadi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy poydevoriga putur yetkazadi”, – degan u.
U Syanning qo‘shimcha qilishicha, Pekin Vashingtonga qatʼiy protest bildirgan va qattiq ogohlantirish bergan.
Shuningdek, Tayvanni ajratib olish bo‘yicha har qanday harakatlarga qarshilik qilinishi taʼkidlangan.
Avvalroq Xitoy hech qachon Tayvan mustaqilligiga chidab turmasligini maʼlum qilgandi.







