BMT Quddusdagi tartibsizliklarni to‘xtatishga chaqirdi
Guterrish Quddusning muqaddas joylaridagi status-kvoni saqlab qolish kerakligini bildirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Quddusdagi xavfsizlikning yomonlashuvidan chuqur xavotirda ekanligini ta’kidladi. Bu haqda “РБК” xabar berdi.
BMT rahbari Quddusning Eski shahar qismidag tartibsizliklar haqida fikr bildirdi. U provokatsiyalarning oldini olish zarurligiga ishora qilib, to'qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Guterrish Quddusning muqaddas joylaridagi status-kvoni saqlab qolish kerakligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Eronning Suriyadagi havo mudofaa inshootlariga raketa hujumi uyushtirgani haqida xabar berilgandi.







