AQSH strategik qurol sinovidan voz kechdi
Mamlakat vitse-prezidenti boshqa davlatlarni ham shunga chaqirgan.

AQSH sunʼiy yo‘ldoshga qarshi qurol sinovidan voz kechdi. Bu haqda vitse-prezident Kamala Xarris maʼlum qildi.
"Bugundan boshlab Qo‘shma Shtatlar sunʼiy yo‘ldoshga qarshi vayronkor qurol sinovlaridan voz kechganini mamnuniyat bilan eʼlon qilaman. Boshqacha aytganda — bu kabi sinovlar xavfli va biz uni amalga oshirmaymiz”, — degan u Kaliforniyadagi harbiy-havo kuchlari bazasidagi chiqishida.
Shu bilan birga u Vashington boshqa davlatlarni ham bu tashabbusga qo‘shilishga chaqirgan.
CNBC telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH so‘nggi bor 2008 yilda sunʼiy yo‘ldoshga qarshi qurol sinovini o‘tkazgan. Shuningdek, bu kabi sinovlar Xitoy, Rossiya va Hindiston tomonidan xam o‘tkazilgan.
Avvalroq AVSH gipertovushli raketa uchirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







