Toshkentda 20 yoshli piyoda avtohalokatda vafot etdi
Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy izoh berdi.

Kecha, 22-aprel kuni Yunusobod tumanida “Neksiya–3” haydovchisi yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan o‘tayotgan 20 yoshli yigitni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida holok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangandagi yo‘l-transport hodisasida 75 yoshli fuqaro vafot etgani xabar qilingandi.
Javohirbek TURSUNOV








