
Unda aytilishicha, joriy yilning 1-oktabr kuni soat 13:45 da Yangiqo‘rg‘on tumani “Sutlibuloq” mahallasi hududida “Damas” haydovchisi avtoulov harakatini taʼminlay olmay, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lni kesib o‘tayotgan 1946-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
75 yoshli piyoda olgan turli tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Nukusda “Matiz” haydovchisi mast piyodani urib yuborgani, Surxondaryoda piyodalarni urib, qochib ketgan haydovchi ushlangani hamda Namanganda “Nexia” haydovchisi yo‘ldan o‘tayotgan 22 yoshli piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


