Vashington Hindistonning Moskva bilan harbiy hamkorligini kamaytirishga intilmoqda
Pentagon rasmiy vakili bu haqda bayonot berdi.

Vashington Hindistonning mudofaa sohasida Rossiyaga tayanmasligi uchun harakat qilmoqda. Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi rasmiy vakili Jon Kirbi maʼlum qildi.
“Biz Hindiston, shuningdek, boshqa davlatlar bilan ochiqmiz, biz mudofaa masalalarida ularning Rossiyaga tayanmasligini istaymiz”, – degan Kirbi.
Shu bilan birga u AQSH Dehli bilan harbiy hamkorlikni qadrlashini taʼkidlagan.
“Hindiston mintaqa xavfsizligini taʼminlaydi, biz buni qadrlaymiz”, – deb qo‘shimcha qilgan Kirbi.
Avvalroq Hindiston va AQSH Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirgandi.







