AQSHning Ukraina uchun 250 million dollari qoldi
Mart oyida kongress Kiyev uchun 3.5 milliard dollar ajratgandi.

AQSH administratsiyasida Ukrainaga harbiy yordam uchun 250 million dollar qoldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki maʼlum qildi.
"Yaxshi bilasiz, bizda xavfsizlikni taʼminlash uchun 3.5 milliard dollar yordam bor edi. Shundan 250 million qoldi. Albatta, biz bu mablag‘larning ham tezkor ravishda ukrainaliklarga yetkazib berishga harakat qilamiz. Ammo ularga yordam berishni davom ettirish, zarur qurollar bilan taʼminlash uchun Kongressda buning moliyalashtirilishi bo‘yicha tashabbusni tezlashtirish kerak", — degan u Oq uydagi brifingda.
Payshanba kuni Jozef Bayden Ukraina uchun Kongressdan qo‘shimcha 33 milliard dollar so‘radi.
Avvalroq Ukraina TIV Hindistonni Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.







