Germaniya Rossiya uranining taqiqlanishiga rozi
Shuningdek, Berlin Moskva neftidan bosqichma-bosqich voz kechmoqchi.

Germaniya Rossiya uraniga qarshi sanksiya joriy etilishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Berlin doimiy vakili 27 aprelda Germaniya pozitsiyasini ochiqlagan. Ushbu sanksiyalar Rossiyaning butun atom sanoatiga taalluqli bo‘lib, G‘arbiy Yevropadagi yadro energetikasi bo‘yicha barcha yangi loyihalarga taʼsir o‘tkazadi. Shuningdek, nemis hukumati bosqichma-bosqich Rossiya neftidan voz kechish variantini ko‘rib chiqmoqda
The New York Times maʼlumotlariga ko‘ra, Yevroittifoq rus neftiga qarshi bosqichma-bosqich sanksiya joriy etishni rejalashtirgan. Shuningdek, "Sberbank" va Moskvaning qator oliy martabali amaldorlari ham sanksiyalar paketiga kiritiladi. Bu cheklovlar keyingi haftada eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq sanksiyalarga qaramay, Rossiya neft va gazdan rekord daromad olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







