Turkiya NATO mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi
Bunga Gretsiya bilan kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.

Turkiya Gretsiya bilan kelishmovchilik tufayli NATO mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. NTV telekanali xabar berdi.
Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, Tiger Meet mashg‘ulotlariga tayyorgarlik jarayonida Gretsiya o‘quv mashqlari reglamentiga Anqaraga qarshi o‘zgartirishlar kiritgan. Turk harbiylariga ko‘ra, Afina ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan foydalanishga harakat qilgan.
Turkiyaning reglamentdagi o‘zgartirishlarni bekor qilish talabi bajarilmagani uchun mamlakat harbiy-havo kuchlari mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortgan.
Tiger Meet 9-20may kunlari Gretsiyada o‘tkaziladi. Turkiya tomonidan unda F-16 qiruvchi samolyotlari ishtirok etishi kerak edi.
Avvalroq Turkiya mudofaa vazirligi Qora dengizda begona davlat kemalari yo‘qligini maʼlum qilgandi.







