“Toshkent city” hududida yong‘in yuz berdi
Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Bugun, 5-may kuni soat 17:26 da Shayxontoxur tumanidagi “Nest One” qurilish binosida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea joyiga 3 ta qutqaruv ekipaji jalb qilingan va yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Binoning 7-qavatidagi 4 kvadrat metr maydonda qurilish materiali yonib zararlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahridagi tikuvchilik syexida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 6 ta tikuv mashinasi, 1 dona kompyuter va hujjatlar yonib ketgan.








