Entoni Blinken pokistonlik hamkasbi bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish zarurligi taʼkidlangan.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Pokiston TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Blinken ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash haqida gapirgan. Tomonlarning Afg‘onistondagi barqarorlik va terrorizmga qarshi kurashning qatʼiy tarafdori ekani yana bir bor taʼkidlangan. Bundan tashqari, savdo, investitsiyalar, iqlim, energetika, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilgan.
Avvalroq Abdulaziz Komilov va Entoni Blinken uchrashuvi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







