Tramp Bayden administratsiyasini psixologiyani tushunmaslikda aybladi
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bu mavjud nizolarning chuqurlashuviga olib keladi.

Amaldagi AQSH administratsiyasi Putin bilan qanday aloqa qilishni bilmaydi. Bu haqda Donald Tramp maʼlum qildi.
"Ular Vladimir Putin bilan qanday ishlash kerakligini bilishmaydi. Ular shunchaki noto‘g‘ri vaqtda, noto‘g‘ri narsalarni gapirishadi", — degan sobiq prezident.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi hukumat psixologiya hamda nizolarni bartaraf etishni haqida hech narsa bilmaydi. Bu kabi nokompetentlik esa Ukrainadagi qurbonlar sonini bir necha barobarga oshirishi mumkin.
Avvalroq Tramp prezidentligi davrida Meksikaga raketa zarbalari berish imkoniyatini ko‘rib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.







