Oliy sud sudyasi jazoga tortildi
Shuningdek, yana 11 nafar sudyaga intizomiy jazo qo‘llangan.

Kecha, 7-may kuni mas’uliyatsizligi va ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiligi sabab 12 nafar sudiya intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, quyidagi sudyalarga jazo qo‘llangan:
— Oliy sudning sudyasi B. Isroilov;
— Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi A. Madaminov;
— Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudining raisi Sh.Mirzakarimov;
— Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudining raisi A.Avezov;
— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining raisi Sh.Xoliqov;
— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi L.Abdullayev;
— Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Gʻ.Matyoqubov;
— Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining sudyasi R.Bobojonov;
— Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi Sh.Xoljigitov;
— Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining raisi Sh.Haydarov;
— Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi M.Mahmudov;
— Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi A.Yo‘ldoshev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qonunni buzgani uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyatining Karmana tuman sudi sudyasi vazifasidan ozod qilingandi.








