Toshkentda 4 ta ko‘cha yopildi
Shahar hokimligi cheklov sababini ma’lum qildi.

Bugun, 8 may kuni karting bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtdagi bir nechta ko‘chalar soat 20:00 gacha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lumot berdi.
Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati quyidagilar:
— Amir Temur shoh ko‘chasi - Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasigacha;
— Yakub Kolas ko‘chasi - Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasidan Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasigacha;
— Taras Shevchenko ko‘chasi - Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;
— Shahrisabz ko‘chasi - Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida TXAYning “Qo‘yliq” bozori ro‘parasidan o‘tgan qismida avtomobillar harakati cheklanishi хabar qilingandi.








