Jahon

Turkiya Suriya qochqinlari uchun 200 ming uy quradi

Hozirda mamlakatda 3.7 million suriyalik bor.

Turkiya Suriya qochqinlari uchun 200 ming uy quradi

 

Turkiya o‘z hududini tark etayotgan suriyalik qochqinlar uchun 200 mingta uy qurib bermoqchi. Bu haqda mamlakat yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Turkiyada 3.7 million suriyalik qochqin yashaydi. Ularni butun mamlakat "o‘z birodari" deb hisoblaydi.

 

Bundan oldin Anqara Idlibda suriyaliklar uchun 100 ming uy qurilishini maʼlum qilgandi. Qochqinlar masalasi doimiy ravishda turk hukumati diqqat-markazida turadi. Erdog‘an ularni majburiy ravishda ko‘chirilmasligini taʼkidlagan.

 

Avvalroq AQSH Suriyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"