Jahon

AQSH Suriya shimoliga investitsiya kiritishga ruxsat berdi

Shu bilan birga bu tartib Bashar Asad nazoratidagi hududlarga joriy etilmaydi.

AQSH Suriya shimoliga investitsiya kiritishga ruxsat berdi

 

Payshanba kuni AQSH Suriya shimolidagi hududlarga ayrim xorijiy investitsiyalarni kiritishga ruxsat berdi. bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

 

Vashington bu orqali ISHID taʼsiri qayta tiklanishini oldini olmoqchi. Moliya vazirligi 12 yo‘nalish, xususan, qishloq xo‘jaligi, qurilish va moliya sohalariga sarmoya kiritilishiga ruxsat berdi. Ammo bu tartib Suriyaning Bashar Asad tomonidan nazorat qilinadigan hududlariga amal qilmaydi.

 

Ko‘plab tahlilchilar Rossiya-Ukraina mojarosi va Xitoy tomonidan kuchayib borayotgan chaqiriqlar fonida AQSHning Suriyadagi siyosati ISHIDning qayta tiklanishini oldini olish va moliyaviy yordamni ko‘paytirishga qaratilganini qayd etdi. Qo‘shma Shtatlar rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, odamlar uchun iqtisodiy imkoniyatlarning kengaytirilishi ularning turli terroristik va ekstremistik guruhlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olishi mumkin.

 

“Bu rayonlarga xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish ISHIDning og‘ir sharoitlarga tushib qolgan odamlarning yollash va shu orqali terroristik tuzilmani saqlab turish imkoniyatidan mahrum etadi”, – degan AQSH administratsiyasi vakili.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda ayrim xorijiy kompaniyalar Suriya shimoliga sarmoya kiritishga qiziqish bildirgan, ammo ularning nomi keltirilmagan.

 

Shu bilan birga, Bashar Asadga qarshi sanksiyalar bekor qilinmasligi taʼkidlangan.

 

Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya rasmiy Suriya hukumati yoki sanksiyalar ostidagi shaxslar bilan kelishuvlarsiz mamlakat shimolida ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari sotib olishga ham imkon beradi.  Ammo Suriya nefti yoki neft mahsulotlarining AQSHga import qilish taqiqlangan.

 

Avvalroq Vashington Suriyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirgandi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH Suriya shimoliga investitsiya kiritishga ruxsat berdi | Zamon.uz