Kobulda masjid portlatildi
Hodisa juma namozi vaqtida yuz bergan.

Bugun, 13-may kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida “Ayyub Saber” masjidi portlatildi. Bu haqda Kobul politsiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea juma namozi vaqtida yuz bergan. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat olgan. Hozirda masjid atrofi o‘rab olinib, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan tergov boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahridagi masjidda portlash sodir bo‘lgandi. Unda 65 kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan.








