O‘zbekistonlik sportchilar Turkiyadagi musobaqada oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi
Shu kunlarda 7-Xalqaro Turk ochiq jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston sportchilari 12-15-may kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan kikboksing bo‘yicha 7-Xalqaro Turk ochiq jahon kubogida ilk oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ibrohimjon Samadov 75 kilogramm vazn toifasida gilamga tushib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. 79 kilogramm vazn toifasida kurashgan Bahrom Nasrullayev kumush medalga sazovor bo‘lgan.








