Lloyd Ostin Shoygu bilan nima haqida gaplashgani ochiqlandi
14 may kuni AQSH va Rossiya mudofaa vazirlari telefon orqali muloqot qilgandi.

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi rasmiy vakili Jon Kirbi maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostin ukrainalik hamkasbiga Sergey Shoygu (Rossiya mudofaa vaziri) bilan suhbati haqida gapirib bergan. Ostin Shoygu bilan muloqotda Ukrainadagi mojaroni zudlik bilan to‘xtatish va aloqa kanallarini saqlab qolish zarurligini taʼkidlagan.
Shuningdek, Ukraina mustaqilligi Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi yana bir bor eslatilgan. Harbiy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilingan.
Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri 1 million kishilik armiya yaratilishi haqida maʼlumot bergandi.







