AQSh tovushdan besh barobar tez uchadigan raketa sinovini o‘tkazdi
Sinovlar Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan.

AQSh gipertovushli qurol sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Pentagon maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, Amerikaning strategik bombardimonchi B-52 Stratofortress samolyotidan 14 may kuni Kaliforniya janubida gipertovushli raketa uchirilgan. Ushbu raketa AGM-183A deb nomlanib, ARRW dasturi doirasida ishlab chiqilgan.
Harbiy-havo kuchlari maʼlumotlariga asosan, raketa tovush tezligidan besh barobar ko‘p tezlikda uchgan. Sinovlar o‘ta muvaffaqiyatli o‘tgani aytilmoqda.
Avvalroq sobiq prezident Donald Tramp Meksikaga raketa zarbalari berish imkoniyatini ko‘rib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.







