Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilish uchun tarixiy qadam tashladi – Yens Stoltenberg
Ikki davlat rasman aʼzolik arizasini imzoladi.

Shvetsiya va Finlyandiya NATOga kirish uchun rasman ariza topshirdi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg maʼlum qildi.
Ariza topshirish marosimini NATO matbuot xizmati onlayn translyatsiya qilib borgan. Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Shvetsiya va Finlyandiyaning bu harakatlarini olqishlaydi. Shuningdek, alyans ularga xavfsizlik kafolati taqdim etish bo‘yicha ishlarni tezlashtirishi hamda Boltiq mintaqasiga o‘z xavfsizlik tizimini moslashtirishi taʼkidlangan.
Stoltenberg ikki davlatning ushbu qadamini “tarixiy” deb atagan.
Avvalroq NATO kemalari Boltiq dengiziga kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







