Toshkentda «Tracker» avtohalokatga uchradi
YHXX hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida 2 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 17-may kuni soat 18.00 atrofida tumanning Qumariq ko‘chasida yuz bergan. 1993 yilda tug‘ilgan I.A. «Tracker» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda ketayotgan «Cobalt» rusumli avtomobilga to‘qnashgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida «Spark» haydovchisi avtomashinasini daraxtga urib olgandi. Oqibatda transport vositasining dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqan.
Javohirbek TURSUNOV








