Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, voqea 26-mart kuni soat 22.00 atrofida Uchtepa tumanining “Qovunchi” ko‘chasida sodir bo‘lgan. 22 yoshli “Spark” haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. Shundan so‘ng avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida haydovchi va mashina ichida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrida “Spark” haydovchisi piyodani urib yuborgani xabar qilingandi.


