London Ukrainaga don eksport qilishda yordam beradi — Jonson
Avvalroq AQSH Ukraina g‘allasini olib chiqish yo‘llarini qidirayotgani maʼlum bo‘lgandi.

Buyuk Britaniya Ukraina g‘allasi eksporti uchun imkoniyatlar qidiradi. Bu haqda Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonson maʼlum qildi.
U bu haqda Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti chog‘ida aytib o‘tgan.
"Bosh vazir Ukrainaning oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishi, shuningdek, aholining gumanitar yordam olishini ko‘paytirish uchun harakatlarini kuchaytirishga vaʼda berdi", — deyiladi Jonson kanselyariyasi tarqatgan bayonotda.
Shuningdek, Britaniya bosh vaziri butun dunyo davlatlari "Ukrainaga hozir hamda uzoq istiqbolda" yordam ko‘rsatishda davom etishi zarurligini taʼkidlagan.
Avvalroq AQSH Ukrainadan don olib chiqish yo‘llarini qidirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







