Qashqadaryoda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchini kaltakladi
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov boshlangan.

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tuman XTBga qarashli 2-maktabda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 4-sinf o‘quvchisini urdi.
Bolaning onasi bu bo‘yicha shikoyat bilan chiqib, yolg‘iz o‘g‘lining bu darajada kaltaklangani ularga qattiq ruhiy zarba bo‘lganini ma’lum qilgan.
Viloyat IIB hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini bildirdi.
“Tekshiruv yakuni bilan qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi IIB rasmiy xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 26-maktabning 8-sinf o‘quvchisi maktab direktori tomonidan ayovsiz kaltaklangani xabar qilingandi.








