Blinken 26-may kuni AQSHning Xitoyga nisbatan strategiyasini eʼlon qiladi
Unda nimalar qayd etilgani ochiqlandi.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 26-may kuni Oq uyning Xitoyga nisbatan strategiyasini eʼlon qiladi. Bu haqda "Politico" gazetasi xabar berdi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, dastlab Blinken ushbu bayonotni 5-may kuni Jorj Vashington universitetida berishni rejalashtirgan. Ammo davlat kotibida koronavirus aniqlanadi va tadbir nomaʼlum muddatga qoldiriladi.
Bo‘lajak nutqda Jozef Baydenning joriy asrda AQSH g‘alabasini taʼminlashga qaratilgan strategiyasi tushuntirib beriladi. Ammo "Politico" maʼlumotlariga ko‘ra, Blinkendan “yangi syurpizlar”ni kutish shart emas, chunki joriy administratsiya Pekinga nisbatan Donald Tramp yo‘nalishini davom ettirmoqda.
AQSH hukumati ushbu nutq matnini eʼlon qilishni istamagan. Ammo Vashington Osiyoda alyanslar va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish orqali Xitoy taʼsiriga qarshi kurashmoqchi.
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Jozef Bayden bilan uchrashgandi.







