Jahon

"Neft-gaz tarmog‘iga investitsiyalar zarur" — "Saudi Aramco" rahbari

Dunyoning eng yirik neft kompaniyasi direktori “yashil” energetikaga o‘tish rejasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

"Neft-gaz tarmog‘iga investitsiyalar zarur" — "Saudi Aramco" rahbari

 

Energetika bozoridagi vaziyat “yashil” energetikaga o‘tish rejasini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining "Saudi Aramco" milliy neft kompaniyasi rahbari Amin Nosir maʼlum qildi.

 

“Joriy inqiroz butun dunyoda neft va gaz qazib olishda zaхira quvvatlarining yetishmayotganini ko‘rsatadi. 2050 yilga kelib, to‘liq “yashil energetika”ga o‘tishni o‘rniga, biz dunyoni yana-da ko‘proq ko‘mirdan foydalanishga majbur qilyapmiz va energetika xavfsizlik, narxlarning maqbulligi hamda energotashuvchilarning mavjudligiga eʼtibor qaratmayapmiz”, – degan u "Financial Times" nashriga bergan intervyusida.

 

Nosirning qo‘shimcha qilishicha, narxlar tushgan taqdirda ham neft qazib olish hajmi kuniga 100 million barreldan oshmaydi.  Shu bilan birga u bozordagi barqarorlikni saqlab qolish uchun neft-gaz tarmog‘iga investitsiya kiritish zarurligini taʼkidlagan.

 

Avvalroq Saudiya Arabistoni yangi OPEC+ kelishuvini tayyorlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

custom img

Isroilga vizasiz kirish: Qozog‘iston fuqarolari bemalol yo‘l olishi mumkin

Bu Qozog‘istonni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga vizasiz kirish imkoniga ega birinchi davlatga aylantiradi.

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

custom img

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

custom img

Tijoriy guvohnoma va immigratsiya ishi: AQSHda ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

Ulardan biri avval ham mast holda avtomobil boshqargani uchun sudlangan.

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"