Buyuk davlatlar o‘rtasidagi urush xavfi qaytdi — Mark Milli
AQSH generali Xitoy va Rossiya bilan raqobat haqida gapirdi.

Zamonaviy dunyoga buyuk davlatlar o‘rtasidagi urush xavfi qaytdi. Bu haqda AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Mark Milli maʼlum qilgan.
"Agar biz Rossiyaning Ukrainada qo‘ygan maqsadlariga erishishga imkon bersak, 1945 yildan keyin o‘rnatilgan qoidalar havoga uchadi. Agar shunday bo‘lsa, yaqin yillarda o‘ta og‘ir ahvol shakllanadi. Shuning uchun bu qoidalar saqlanib qolishi va mustahkamlanishi lozim. Bu butun dunyo manfaati uchun foydali bo‘ladi", — degan u.
Millining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Xitoy xalqaro munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Ammo ular bilan qarama-qarshilik o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin.
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida dunyo tartibotining kuch bilan o‘zgartirilishiga qarshi ekanini aytgandi.







