O'zbekiston

O‘zbekistonda etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

 

25 may kuni “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi. 

 

Qaror bilan Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi, shuningdek, uni 2022–2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Shunga ko‘ra, 2023 yil 1 martdan har yili etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

 

2023 yildan boshlab an’anaviy tarzda Toshkent shahrida har yili bir marotaba etnosport turlari bo‘yicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali. Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. 

 

2022/2023 o‘quv yilidan Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san’ati yo‘nalishida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi. 

 

2023 yildan har ikki yilda bir marotaba polvonlar va dorbozlar ishtirokida “Polvonlar sulolasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Shuningdek, YUNESKO tashkilotidan nomoddiy madaniy meros maqomi olinishi mumkin bo‘lgan etnosport turlari ro‘yxati shakllantiriladi. 

 

2023 yil 1 yanvargacha har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar savdosini yo‘lga qo‘yish maqsadida do‘konlar tashkil etiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.