Pekin Yevropa mustaqilligini qo‘llab-quvvatlaydi — Van I
Xitoy tashqi ishlar vaziri fransiyalik hamkasbi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Xitoy Yevropadagi integratsion jarayonlarni hamda Yevroittifoqning strategik mustaqilligini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I maʼlum qildi.
Diplomat bu haqda fransiyalik hamkasbi Katrin Kolonna bilan telefon muloqoti chog‘ida aytgan.
"Xitoy Yevropadagi integratsion jarayonlarni qatʼiy qo‘llab-quvvatlaydi. Biz Fransiyaning YEI strategik mustaqilligini taʼminlash maqsadida amalga oshirayotgan ishlarini yoqlaymiz", — degan u.
Shuningdek, Pekin Yevroittifoq bilan faqatgina do‘stlik aloqalarini o‘rnatgani hamda hamkorlik "ustuvor tendensiya" bo‘lishi lozimligi taʼkidlangan.
"Xitoy va YEI raqiblar emas, hamkorlardir", — degan Xitoy bosh diplomati.
Avvalroq Xitoy va AQSH vakillari xalqaro maydondagi dolzarb masalalarni muhokama qilgandi.







