Yevropa harbiy innovatsiyalar markaziga aylanmoqchi
Shu maqsadda mudofaa sohasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan.

Yevroittifoq harbiy xarajatlari va mudofaa investitsiyalariga qo‘shimcha 3 milliard yevro ajratildi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, 1 milliard yevro mablag‘ qo‘shma mudofaa loyihalarini ishlab chiqish uchun sarflanadi. Bunda birinchi navbatda kosmosdagi tadqiqotlar ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, 2 milliard yevrolik mudofaa innovatsiyalari dasturi ham ishga tushirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Yevropani mudofaa innovatsiyalari markaziga aylantirish ekanligi maʼlum qilingan.
Avvalroq Xitoy YI strategik mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.







