Kobuldagi maktab yonida portlash sodir bo‘ldi
Oqibatda 2 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Bugun, 29-may kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida maktab yonida portlash sodir etildi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.
Tolibon politsiyasi matbuot kotibi Xolid Zadranning so‘zlariga ko‘ra, Xayrxon mahallasidagi Maryam maktabi yaqinida velosipedga portlovchi moslama o‘rnatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Kobul shahrining “Saroyi Shahzoda” kvartalida kuchli porlash yuz bergandi. Oqibatda 10 kishi yaralangan.








