Jahon

KXDR Janubiy Koreya harbiy o‘quv qo‘llanmasida “dushman” sifatida qayd etildi

Bunga qadar Pxenyan “real harbiy tahdid” sifatida baholab kelingan.

KXDR Janubiy Koreya harbiy o‘quv qo‘llanmasida “dushman” sifatida qayd etildi

 

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi o‘quv materiallarida KXDR “dushman” sifatida qayd etildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

 

“Shimoliy Koreyaning provokatsiyalari bizning xavfsizligimizga tahdid tug‘diradi. Bu tahdidlar saqlanib qolar ekan, KXDR armiyasi va rejimi bizning dushmanlarimiz”, – deyilgan ofitser va askarlar uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallaridan birida.

 

Ushbu qo‘llanma 9  may kuni tarqatilgan. Unga qadar mamlakat mudofaa vaziri Li Chjon Sop KXDRni ehtimoliy dushman deb atagandi.

 

Yonhap agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning avvalgi prezidenti Mun Chje In va uning administratsiyasi diplomatik sabablarga ko‘ra, Pxenyanni dushman deb atamagan va “real harbiy tahdid” sifatida baholab kelayotgandi. O‘z navbatida amaldagi prezident Yun Sok Yol KXDRga qarshi qattiqroq pozitsiya egallashini ochiq maʼlum qilgan.

 

Yil boshidan buyon Shimoliy Koreya 17 bor raketa sinovlari o‘tkazgan. So‘nggi marotaba 25 may kuni ballistik raketa uchirilgan. Bunga javoban Seul va Vashington o‘z raketa tizimlari ishtirokida mashg‘ulot o‘tkazdi.

 

AQSH Shimoliy Koreyaning yirik xakerlar guruhiga sanksiya qo‘ymoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

KXDR Janubiy Koreya harbiy o‘quv qo‘llanmasida “dushman” sifatida qayd etildi | Zamon.uz