Italiya bosh vaziri: Putin bilan gaplashish kerak
U buning sababini ochiqladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi masalasida Putin bilan gaplashish kerak. Bu haqda Italiya bosh vaziri Mario Dragi maʼlum qildi.
Dragi bu haqda Yevroittifoqning sammitida gapirgan.
"G‘alla bilan bog‘liq muammo va oziq-ovqat xavfsizligi muammosini yechish uchun Putin bilan muloqot qilish zarur", — degan siyosatchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, oziq-ovqat yetishmovchiligi halokati real. Shu bilan birga agar unga yechim topilmasa, ayb Rossiya prezidenti zimmasiga tushishi taʼkidlangan.
Ukrainadagi nizo ortidan dunyoda g‘alla tanqisligi yuzaga keldi. Sababi Rossiya Qora dengizdagi portlarni bloklab qo‘ygan. O‘z navbatida Moskva don eksportini taqiqladi. Buning ortidan boshqa davlatlar ham shunday yo‘l tutgan.
Avvalroq dunyoda guruch tanqisligi kuzatilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







