Guterrish Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi
Bu Anqaraning Ukraina yo‘nalishidagi harakatlari bilan bog‘liq.

BMT bosh kotibi Turkiyaga Ukraina bilan bog‘liq tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Anqaraning Ukrainadan g‘alla eksportini tiklash va Qora dengizni minalardan tozalash bo‘yicha tashabbuslarini olqishlaydi.
“Bosh kotib Qora dengizdagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi harakatlari va uning tashabbuslarini qo‘llab quvvatlagani uchun Turkiyaga chuqur minnatdorchilik bildiradi”, – degan Dyujarrik.
Avvalroq BMT oziq-ovqat inqirozining asosiy sababini maʼlum qilgandi.







