Sardor Berdimuhammedov ilk xorijiy tashrifini amalga oshirdi
U ikki kunga mo‘ljallangan.

Sardor Berdimuhammedov ilk xorijiy tashrifini Saudiya Arabistonidan boshladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
“Dunyo”ning “Turkmenistan segodnya” davlat axborot agentligiga tayanib maʼlum qilishicha, 1 iyun kuni Berdimuhammedov Saudiyaga ikki kunlik tashrif bilan uchib ketgan.

Turkmaniston prezidentini Jidda aeroportida Makka provinsiyasi gubernatori Xolid bin Feysal al-Saud kutib olgan. Tashrif davomida Umra safarini amalga oshirilgan.
Avvalroq Turkmaniston hukumati isteʼfoga chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.







