Jahon

Bayden Saudiya Arabistoniga boradi

Bundan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi.

Bayden Saudiya Arabistoniga boradi

 

Jozef Bayden iyun oyida Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan boradi va valiaxd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashadi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH yetakchisi 2018 yil jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limidan keyin sovuqlashgan munosabatlarni qayta tiklamoqchi. Ar-Riyodga tashrif Yevropa va Isroil turnesi doirasida amalga oshiriladi.

 

Bayden saylovoldi kampaniyasida Saudiyani bir necha bor qattiq tanqid qilib chiqqan. Ammo ekspertlar endilikda AQSH real siyosatga qaytayotganini qayd etgan.

 

Vashington Ar-Riyodning neft qazib olishni ko‘paytirishini va shu orqali dunyo energetika bozorida barqarorlik o‘rnatilishini istamoqda.

 

Avvalroq AQSH vakillari Saudiya Arabistoni bilan maxfiy muzokara o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bayden Saudiya Arabistoniga boradi | Zamon.uz